Qarzga botgan “Barsa” navbatdagi super transferni amalga oshirishga yaqin turibdi

Sport

image

Ispaniyaning “Sevilya” jamoasi himoyachisi Jyul Kunde “Barselona”ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda “Sport” nashri xabar beradi.

Manbaning xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi rahbariyati “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskining transferini yakunlagach, Kundeni sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi. 

Qayd etish joizki, 23 yoshli fransiyalik himoyachi “Barselona”ning asosiy maqsadi hisoblanadi. Tomonlar yaqin kunlarda transferning barcha tafsilotlarinilari muhokama qilishi kutilmoqda. Bitim “ko‘k anorranglilar”ga 45 mln yevroga tushishi mumkin. Qolaversa, “Barsa” rahbariyati transfer puliga qo‘shib, o‘z futbolchilaridan birini “Sevilya”ga taklif qiladi.

Shuningdek, Kundening xizmatlariga Londonning “Chelsi” klubi ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingan. Biroq fransiyalik himoyachi “Barselona”ga o‘tishni istamoqda.

Ma’lumot uchun, Kunde o‘tgan mavsumda La Ligada 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali 23 yoshli futbolchini 60 million yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

179

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing