Qarshidan Rossiyaga uchayotgan charter reys yuk sabab bekor qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 27 iyul kuni soat 5:00 da Qarshi–Sankt-Peterburg (Rossiya) yo‘nalishidagi AZV-5044-sonli charter reys samolyot yuki og‘irligi sababli qoldirildi. Bu haqda Qarshi xalqaro aeroporti xabar berdi.

Qarshi aeroportida 27 iyul kuni ushbu charter qatnovida Sankt-Peterburgga parvoz qilish uchun jami 214 yo‘lovchi o‘z bagaj yuklari bilan ro‘yxatdan o‘tgan.

Yo‘lovchilar hajmi va ularning bagaji bilan birgalikda jami 21 tonna hajmdagi yuklarni olib ketish bo‘yicha “Azur Air” aviakompaniyasi Qarshi xalqaro aeroportiga radiogramma yuborgan.

Biroq, 5044-sonli Boeing-739 samolyoti komandiri yo‘lovchilar o‘z yuklarining bir qismidan voz kechishi lozimligi, havo kemasi bortiga yo‘lovchilar va ularning bagajlari bilan qo‘shib hisoblaganda faqatgina 15,5 tonnadan ortiq yuk qabul qilinmasligi to‘g‘risidagi qarorini e’lon qilgan. Yuzaga kelgan tortishuvlar oqibatida charter aviaqatnovi noma’lum muddatga qoldirilgan.

Yo‘lovchilarga Qarshi aeroportining mas’ul xodimlari hamda “Azur Air” aviakompaniyasi samolyoti ekipaji tomonidan ushbu qarorga sabab bo‘lgan holatlar haqida ma’lumot berilgan.

Hozirda aeroport xodimlari tomonidan ushbu 214 yo‘lovchiga kerakli yordam, jumladan nonushta tarqatilib, ularni mehmonxonalarga joylashtirish va issiq ovqat bilan ta’minlash kabi masalalar tezkorlik bilan xal qilinmoqda.

Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda mazkur charter aviaqatnovini davom ettirish bo‘yicha “Azur Air” aviakompaniyasi bilan o‘rnatilgan tartibda muzokaralar olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

224

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing