Qarshida o‘zini yoqib yuborgan fuqaroning ahvoli haqida ma’lumot berildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Qarshi shahrida fuqaro o‘ziga benzin sepib yoqib yuborgani haqida xabar bergandik. Hozirda holat bo‘yicha Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilyapti. Ushbu voqea yuzasidan Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga qo‘shimcha ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, kecha, 15 avgust kuni soat 20:00 atrofida 43 yoshli P.R. ismli shaxs Qarshi shahar Shayxali shaharchi mahallasida joylashgan terini qayta ishlab chiqarish xususiy korxonasi oldidagi 40 sotix yer maydoniga ishlash uchun borgan. 

P.R. korxonadan anqib turgan badbo‘y teri hididan g‘azablanib, baland ovozda bino oldida baqirib, ustidan benzin quyib yoqib yuborgan. Shundan so‘ng, atrofda bo‘lgan fuqarolar P.R.dagi olovni o‘chirgan. 

Birlamchi tibbiy ma’lumotlarga ko‘ra, P.R.ning tanasida 10-15 foiz kuyish jarohatlari borligi qayd etilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, fuqaro P.R. ishsiz bo‘lib, avval Narkotik sotish jinoyati bilan uch marta sudlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1213

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing