Qarshida tibbiyot kolleji o‘quvchisi o‘zini 4-qavatdan tashlab, vafot etdi

3-sahifa

image

Qarshida tibbiyot kolleji o‘quvchisi qizlar yotoqxonasining 4-qavatidan sakrab, o‘zi joniga qasd qildi. Holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi rasmiy bayonot berdi. 

Aniqlanishicha, kecha, 30 noyabr kuni soat 19:00larda Qarshi shahrida joylashgan “Abu Ali ibn Sino” nomidagi jamoat salomatligi texnikumining yotoqxonasida yashagan 2-bosqichda o‘qigan qiz (2001 y.t.) yotoqxona 4-qavatidan sakrab, o‘z joniga qasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Marhumaning o‘lim sabablari va ishga aloqador bo‘lgan boshqa holatlarga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan hamda ishga aloqador bo‘lgan shaxslardan tushuntirish xatlari olinmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1447

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing