Qarshida “qizil”dan o‘tgan Damas 2 avtomobilga borib urildi (video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida svetoforning qizil chirog‘idan o‘tgan Damas 2 avtomobilga borib urildi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 9 iyun kuni soat 05:00 larda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar Islom Karimov hamda Nasaf ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi N.T. Damas rusumli avtomobilda svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanib, yashil chiroqda chorrahaga kirib kelgan haydovchi L.M. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobilga to‘qnashgan.

Shundan so‘ng, u zarb oqibatida yo‘nalishini o‘zgartirib, qizil chiroqda to‘xtab turgan haydovchi N.T. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobilga urilgan.

Qayd etilishicha, YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

354

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing