Qarshida fuqarolar PPX xodimlari bilan janjallashdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Ichki ishlar organlari xodimlari fuqarolar bilan janjallashayotgani aks etgan video tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Bildirilishicha, kecha, 16 sentyabr kuni soat 23:00 larda Qarshi shahrida 31 yoshli N.A. va 26 yoshli N.A. hamda 34 yoshli X.A. mast holda xizmat vazifasini bajarayotgan Patrul-post xizmati xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda PPX xodimlari rezina dubinkadan foydalanganini, yakunda ular mast yigitlarni olib ketishganini ko‘rish mumkin.

Ularga nisbatan MJtKning 183 (Mayda bezorilik) va 194 (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) moddalari hamda Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda qamoqqa olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

289

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing