Qarshida “bozorkom”larga sud hukmi o‘qildi

Jamiyat

image

Qarshi shahrida O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qarorlariga bepisandlik bilan munosabatda bo‘lgan uch bozor rahbariyatiga chora ko‘rildi. Ular bilan bog‘liq masalada sudda ko‘rildi. Bu haqda IIV xabar bermoqda. 

Respublika maxsus komissiyasining bayoniga ko‘ra, haftada bir kun barcha bozorlarda sanitar tozalash ishlarini amalga oshirish belgilangan bo‘lsad-a,  21 sentyabr kuni Qarshi shahar "Ravoq" MFY hududida joylashgan "Naxshab" buyum bozori raisi Sh.R., "Sevinch" savdo majmuasi raisi Sh.T. hamda "Yerqo‘rg‘on" oziq-ovqat ulgurji dehqon bozori raisi o‘rinbosari Sh.K.lar sanitar ishlarni amalga oshirmasdan, faoliyat yuritib kelgani aniqlangan. 

Hudud profilaktika katta inspektori mayor M.Murodov tomonidan ularning har biriga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi 1-qismi va 54-moddasi 2-qismi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, chora ko‘rish uchun Ma’muriy ishlar bo‘yicha Qarshi shahar sudiga yuborilgan.

Mazkur holat, 22 sentyabr kuni sud tomonidan ko‘rib chiqilib, yuqorida nomlari qayd etilgan bozor ma’muriyati rahbarlarining har birlariga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari, ya’ni 1 million 115 000 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

245

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing