Qarshida bayroqqa sarflanadigan 1,35 mlrd xaroba yotoqxonani ta’mirlash uchun ishlatiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi arafasida Qarshi shahridagi Mustaqillik maydonida balandligi 62,5 metrga teng bo‘lgan, qiymati 1,35 mlrd so‘mlik davlat bayrog‘i o‘rnatilishi haqida xabar berilgandi. Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ushbu masalaga munosabat bildirib, bayroqqa sarflanadigan 1,35 mlrd xaroba yotoqxonani ta’mirlash uchun ishlatilishini ma’lum qildi.

“O‘zim ham har kuni aholining yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida tuman va shaharlarda bo‘laman. Yaqinda Qarshi shahridagi 136-sonli oilaviy yotoqxonaga borib uysiz fuqarolarimizni majburlikdan xarobaga aylangan binoda qo‘nim topgani meni qiynadi. Men bilan hamroh bo‘lib borgan rahbarlarni ham ozroq bo‘lsada vijdoni qiynalgan bo‘lsa kerak. Ayrimlari hayot sinovlarini yengib o‘ta olmagan bo‘lsa ham, ularning shirindan-shakar farzandlarida nima gunoh? Ular ham baxtli yashashga haqli. 

Ushbu xaroba yotoqxonani ta’mirlash uchun 2,5-3 mlrd so‘m atrofidagi mablag‘ni manbasini qayerdan topishni bilmay turgandim. Ustun uchun sarflanayotgan 1,35 mlrd so‘mni ushbu yotoqxona ta’miriga yo‘naltiramiz. Qolgan summani ham manbasini topib, ushbu yotoqxonani katta tantana bilan topshiramiz. Mustaqilligimizning 30 yillik bayramiga ustun emas, fuqarolarimiz uchun shinam xonadonlar tuhfa qilamiz. Xo‘sh, nima deysizlar?” deydi viloyat hokimi.

Zoyir Mirzayevning ta’kidlashicha, bayroq ustuni biror homiy tomonidan ixtiyoriy qo‘llab-quvvatlansagina quriladi. Davlat byudjetidan mablag‘ sarflanmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

171

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing