Qarshida 22 yoshli yigit ko‘p qavatli uydan o‘zini tashlab, joniga qasd qildi
3-sahifa
−
21 fevral 2023 10345 1 daqiqa
Avvalroq Qarshi shahrida yigit o‘zini ko‘p qavatli uydan tashlagani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov batafsil ma’lumot berdi.
Bugun, 21 fevral kuni soat 12:10 larda Qarshi shahrida 22 yoshli yigit ota-onasi bilan yashab kelgan uydan sababsiz chiqib ketgan. U "Navo" mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uyning yuqori qavatidan o‘zini tashlab yuborib, o‘z joniga qasd qilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish o‘tkazilgan.
Tekshirish davomida 2019 yilda marhum yigitning ruhiyatida o‘zgarish bo‘lgani sababli klinikada davolangani shu davrda ham o‘z joniga qasd qilishga uringani aniqlangan.
Malumot uchun, 22 yoshli marhum "Alfraganus University" oliy ta’lim muassasasining talabasi bo‘lgan.
Live
Barchasi