Qarshida 18 yoshli yigit 27 yoshli fuqaroni vahshiylarcha o‘ldirgani aytilmoqda

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida bosqinchilik harakati sodir etilgani va oila boshisi vahshiylarcha o‘ldirib ketilgani aytilgan xabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi Matbuot xizmati izoh berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 31 may kuni Qarshi shahri “Komilon” MFYdagi xonadonlardan birida 27 yoshli fuqaro L.A.ning (erkak) jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan. 

Mazkur holat yuzasidan shu kuni Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan 18 yoshli O.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (og‘irlashtiruvchi holatda qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan. 

Xabarga ko‘ra, hozirda viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1428

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing