Qarshida 1,35 mlrdlik flagshtok o‘rnatilmaydigan bo‘ldi. Pullar qayerga sarflanishi ma’lum

Jamiyat

image

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida hokimlik tomonidan 1 milliard 350 mln so‘m evaziga ulkan flagshtok o‘rnatish harakati qaytadan jonlangani haqida xabarlar tarqalgandi.

Qarshi shahrida o‘rnatiladigan bayroq ustunini shahar mahalliy byudjetining 2021 yilning III-chorak yakuni bo‘yicha daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan ajratilgan mablag‘lar hamda homiylik yordami hisobiga qurish aytilgan.

Shahar hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan bu masalaga munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, 1,35 mlrdga flagshtok o‘rnatish masalasiga viloyat hokimi ham e’tibor qaratgan va shahar hokimi bilan kelishgan holda ulkan bayroq ustuni qurilmaydigan bo‘lgan.

Endilikda daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan qolgan mablag‘lar ichki yo‘llar ta’miri va kommunal sohalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida Qarshida ulkan flagshtok o‘rnatilishi haqida ilk bor xabar berilganidan ko‘p o‘tmay, o‘sha vaqtdagi viloyat hokimi bu rejadan voz kechib, pullar evaziga xaroba yotoqxonalarni ta’mirlashga sarflanishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

148

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing