Qarshida 1,35 mlrd so‘mlik bayroq o‘rnatiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi arafasida Qarshi shahridagi Mustaqillik maydonida balandligi 62,5 metrga teng bo‘lgan davlat bayrog‘i o‘rnatiladi. Bu haqda “Qashqadaryo” gazetasi yozmoqda.

Ma’lum qilinishicha, maydonning amfiteatr oldidagi xiyobon bilan tutash qismida ulkan bayroq ustuni poydevori bunyod etilmoqda. Ob’ektning buyurtmachisi Qarshi shahar obodonlashtirish boshqarmasi bo‘lsa, pudratchisi "Voha maxsus montaj servis" mas’uliyati cheklangan jamiyati hisoblanadi.

Ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarga qaraganda, Qarshi shahridagi Davlat bayrog‘ining birgina ustunini bunyod etishga 1 milliard 350 million so‘m mablag‘ sarflanadi.

Korxona vakillarining aytishicha, bayroqning ustun (flagshtok)i  diametri 430 millimetrdan 1220 millimetrgacha bo‘lgan po‘lat quvurlardan tashkil topadi. Uning barcha butlovchi qismlari maxsus buyurtma asosida poytaxtdagi tayyorlab qo‘yilgan. Bichimi 25 metrga 10 metrdan iborat bayroqning o‘zi esa Farg‘ona vodiysidagi ishlab chiqarish korxonalaridan birida tikilgan. Shartnomalarda ko‘zda tutilgan mablag‘ o‘tkazilishi bilanoq hamkorlar ularni maxsus texnikalar yordamida viloyatimiz markaziga yetkazib beradi.

Loyihaga ko‘ra, davlat bayrog‘i o‘rnatilgach, uning atrofidagi 2 ming kvadrat metrlik hudud obodonlashtirilib, maysazor va gulzorlar barpo etiladi, manzarali daraxtlar ekiladi va yangi yo‘lakbop plitkalar terib chiqiladi. Ayni paytda Mustaqillik maydonining shu qismida bayroqning tarixi va tavsifi aks etgan tosh lavhlar ham o‘rnatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

364

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing