Qarshi universitetida 40 ga yaqin daraxt noqonuniy kesib tashlandi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqda Qarshi davlat universitetda ko‘plab daraxtlar noqonuniy kesib tashlangani haqida xabarlar tarqaldi. Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi inspektorlari 13-15 yanvar kunlari mazkur holat bo‘yicha o‘rganish olib borgan.

O‘rganishlar davomida Qarshi davlat universiteti tomonidan Yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlarni kesish uchun uch marotaba murojaat qilinganligi, o‘z navbatida Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan mazkur murojaatlarga rad javobi berilganligi ma’lum bo‘lgan.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan rad javobi berilganligiga qaramasdan jami 38 tup daraxt noqonuniy kesilgan. Huquqbuzarlikka aloqador shaxslardan tushuntirish xatlari olingan. Mazkur qonunbuzarlik holati bo‘yicha o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar 267 543 000 so‘m miqdorida hisoblangan.

Huquqbuzarlikka oid materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 30 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingandi. Farmon bilan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

59

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing