Qarshi oling! NAMUNA DEVELOPMENT ilk yirik loyihasi NUR’ni taqdim etdi

Biznes

Bir uyda hayotdan zavqlanib, quyosh taftini yaqindan sezib, nurga burkanib yashash uchun nimalar kerak? Shinam mehmonxonami? Shahar manzarasi kaftdek ko‘rinib turadigan balkonmi? Yomg‘iru qorni, quyoshning ilk nurlarini qarshilab, ufqqa qo‘l siltashga monand oynalarmi? Bolalar o‘yingohimi yoki sport maydonchalarimi? Keng avtoturargoh yoki 24 soat qo‘riqlash xizmatimi? Qay biri muhim? Albatta, har birining o‘z o‘rni bor. Bugun, 20 fevral kuni o‘z ishini tantanali tarzda boshlagan NAMUNA DEVELOPMENT kompaniyasining poytaxtga nur taratishni ko‘zlagan NUR turar joy majmuasida yuqoridagilarning barchasi mavjud. 

2017 yilda qurilish kompaniyalari safiga kirib kelgan NAMUNA DEVELOPMENT oradan 4 yilga yaqin vaqt o‘tib, ilk loyihasini taqdim etmoqda. Puxta, ishonchli, qulay, mustahkam, shinam, hamyonbop NUR turar joy majmuasi nomiga yarasha mehr ulashadi.

 

Biz quramiz. Biz yaratamiz. Biz bunyod etamiz!

NAMUNA DEVELOPMENT o‘z oldiga O‘zbekiston qurilish sohasida yangi sahifa ochish, inshootlar xavfsizligi, go‘zalligi va qulayligi bilan odamlar orasiga kirib borishni maqsad qilgan. Kompaniya sifatli hamda innovatsion texnologiyalar asosida qurilgan turar joy majmualarini taqdim etadi. 

NAMUNA DEVELOPMENT’ning ilk yirik loyihasidan jami 30 ta binodan iborat 12 ta ko‘p qavatli uy o‘rin olgan. Ular 9 va 16 qavatli qilib qurilgan.

Xo‘sh, nega NUR?

Xalqimiz duoga qo‘l ochganda uying nurga, barakaga to‘lsin, deb duo qiladi. NUR’da yashaydiganlarning uyi har tarafdan nurga to‘lishi aniq. Boisi loyihaga ko‘ra, xonadonlarning oynalari keng hajmda bo‘lib, ular poldan shiftgacha joylashtiriladi. Bu uyda siz nafaqat shahar manzarasidan va quyosh nurlaridan bahramand bo‘lasiz, balki ortiqcha elektr sarfidan naqdingizni tejaysiz. 

NUR yana nimasi bilan nurli? 

•    keng va zamonaviy xonadon;
•    har bir xonadonda orzudagi balkonlar;
•    poytaxt markazidagi qulay joylashuv;
•    o‘yin maydonchalari, jismoniy mashg‘ulot hududlari, yugurish yo‘laklari, uy hayvonlari uchun sayr qilish hududlari, avtomobillar to‘xtash joylari, qahvaxonalar, restoranlar va boshqa ko‘plab qulayliklar;
•    uylar atrofi temir to‘siqlar bilan o‘ralgan;
•    hovlida sport va bolalar o‘yin maydonchalari;
•    yer osti avtoturargohi;
•    ikki turdagi lift (9 qavatli binolarda faqat yo‘lovchi va 16 qavatli binolarda yo‘lovchi va yuk tashuvchi);
•    TJMning butun maydoni bo‘ylab videokuzatuv;
•    kunu tun qo‘riqlash xizmati, 24/7 mutlaq xavfsizlik mavjud.

NUR sizning bir umrlik hordig‘ingiz, xavfsizligingiz, farzandlaringizning munavvar kelajagi, baxtli oila haqidagi tasavvurlaringizning debochasi bo‘lishiga biz ishonamiz! Keling, ko‘ring, qiziqishlari siznikiga o‘xshash bo‘lgan insonlar bilan shinam uyda yashang.
9 va 16 qavatli uylarning oxirgi qavatini ochiq osmon ostidagi xonadonlar, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Binolarning so‘nggi qavatida terassalar mavjud bo‘lib, eng oxirgi qavatdan uy xarid qilganlarga TERASSALAR QO‘SHIB BERILADI. 

Savollar va uy xarid qilish bo‘yicha murojaat bilan quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qiling: +99878 777 00 77

Savdo ofisi manzili : Lashkarbegi ko‘chasi, 1

Mo‘ljal: Hamid Olimjon maydoni

Ish tartibi: 08:00 dan 20:00 gacha, tanaffus va dam olish kunlarisiz.

Xaridlaringiz nurli, uylaringiz esa shinam bo‘lsin. 

NAMUNA DEVELOPMENT – hayot tarzi, shaharlar ramzi.

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing 

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing