Qariyb 4 milliard so‘m iste’molchilar foydasiga undirib berildi
Jamiyat
−
20 aprel 2020 6321 2 daqiqa
Iste’molchilar foydasiga 3 milliard 900 milliondan ziyod mablag‘lar qayta hisob-kitob qilingan, 1 milliard 596 million so‘m murojaatlar natijasida undirib berilgan. Bu haqda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ma’lum qilmoqda.
“O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy tuzilmalariga 2020 yilning 1-choragida fuqaro (iste’molchi)lardan jami 2388 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlarning 1469 tasi og‘zaki, 536 tasi yozma, 383 tasi esa elektron shaklda yuborildi.
Federatsiyaga kelib tushgan 383 ta elektron murojaatning 289 tasi “Prezidentga murojaat portali”, 89 tasi yagona Davlat interaktiv portali orqali Bosh prokuratura tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun yo‘llandi” deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, mazkur ariza va shikoyatlarning 2220 tasi ya’ni, 93,0 foizi ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga jami 2 934 044 941 (ikki milliard to‘qqiz yuz o‘ttiz to‘rt million qirq to‘rt ming to‘qqiz yuz qirq bir) so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berilgan.
2020 yilning 1-choragi davomida Federatsiya va uning hududiy bo‘linmalariga fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda ko‘rinish quyidagicha bo‘lgan:
• murojaatlarning savdo sohasiga 813 tasi (34,0 foiz),
• gaz ta’minoti sohasiga 270 tasi (11,3 foiz),
• elektr ta’minoti sohasiga 335 tasi (14,0 foiz),
• suv ta’minoti sohasiga 138 tasi (5,8 foiz),
• kommunal xizmat sohasiga 141 tasi (5,9 foiz),
• sog‘liqni saqlash sohasiga 18 tasi (0,8 foiz),
• xizmat ko‘rsatish (servis) sohasiga 77 tasi (3,2 foiz),
• transport sohasiga 41 tasi (1,7 foiz),
• aloqa (va internet) sohasiga 81 tasi (3,4 foiz),
• boshqa sohalarga 459 tasi (19,2 foiz) esa to‘g‘ri kelgan.
Federatsiyaning ma’lumotiga ko‘ra, 1091 qisqa raqamli yagona ishonch telefoniga fuqarolar tomonidan hisobot davrida jami 874 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlarning qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi natijasida 820 tasi ijobiy hal etilishiga erishilgan.
Mazkur ijobiy hal qilingan murojaatlar natijasida 1 596 803 166 (bir milliard besh yuz to‘qson olti million sakkiz yuz uch ming bir yuz oltmish olti) so‘m mablag‘ iste’molchilar foydasiga undirilgan.
Live
Barchasi