Qariya Bayden ikkinchi marotaba AQSH Prezidentligiga saylanmoqchi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per AQSH Prezidenti Jo Baydenning 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezidentlik saylovlarida garchi jamoatchilikning 75 foizi uni xohlamasa-da, qayta saylanish niyatida ekanini tasdiqladi.

“Biz saylovlar haqida tashvishlanmaymiz. Prezident nomzod ko‘rsatish niyatida ekanligini aniq aytdi, ammo bu haqda o‘ylashga hali juda erta”, deydi Jan-Per. 

Matbuot kotibiga ko‘ra, uning o‘zi Baydenni nomzod sifatida ko‘rishni afzal ko‘radi. Shuningdek, u 2024 yilgi saylovlarda demokratlarning atigi 25 foizi Baydenni partiyadan nomzod sifatida ko‘rsatish niyatida ekanini aytgan.

Ma’lum qilinishicha, “Morning Consult” kompaniyasi o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, 50 shtatdan 44 tasida saylovchilar amaldagi Prezidentning ishini qo‘llab-quvvatlamaydilar. 2022 yilning birinchi choragida 40 shtat Baydenning ichki siyosatini ma’qullamagan.

Ma’lumot o‘rnida, Jozef Bayden 2020 yilning dekabr oyida AQSH Prezidenti etib saylangan. U hozirda 79 yoshda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

162

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing