Qarishga qarshi a’lo darajadagi vosita

Bu qiziq

image

Kulgi immunitetni oshirib, asab tizimini bir maromga olib keladi, umrni uzaytirib, shubhasiz, kayfiyatni ko‘taradi. 

Shifokorlarning aniqlashicha, kulgi – ko‘pgina kasalliklarni davolovchi ajoyib vosita. Abu Ali ibn Sino “Bemor kulayotgan lahzalarida yuz foiz sog‘lom odam holatida bo‘ladi!” degan edi.

Olimlar kulgini tadqiq etishga juda jiddiy kirishgan: uni o‘rganish uchun alohida sohani ham belgilagan. U gelatologiya deb ataladi.

Bir yil davomida kuniga 10 daqiqa kulgi bilan umringizga bir yil umr qo‘shasiz. Buning sababi, kulganimizda yuzning 80dan ortiq mushaklari ishtirok etadi. Shuning uchun kulgini qarishga qarshi a’lo darajadagi vosita deya atash mumkin. Yuz mushaklarini mashq qildirish ajinlar va yuz shakli o‘zgarishini yengishda yordam beradi.

Kulgining yana bir foydali jihati: garvardlik professorlar tadqiqot o‘tkazib, bu jarayon bizni shamollashlardan asrashini, kasalliklar ehtimoli 50 foizga kamayishini aniqladi. Chunki bu jarayonda o‘pkada qon aylanishi yaxshilanadi. Bundan tashqari, kulgi bronxial astma kasalligi xurujini yengishda ham yordam beradi. Kulgi vaqtida havoning o‘ziga xos harakati a’lo darajadagi profilaktika sanaladi.

Agar ko‘p kulsangiz, bu orqali ozish ham mumkin. Kuniga bor-yo‘g‘i 15 daqiqa davomida kulish oyiga 2 kilogramm vazndan xalos bo‘lishga yordam beradi. Yuqoridagi fikrdan kelib chiqib, 15 daqiqa yordamida kulsangiz, badantarbiya mashqlari o‘rnini bosgan bo‘lar ekansiz. Albatta, har ikkisini bajargan ma’qul!

Shunga qaramay, cheksiz vaqt davomida kulib bo‘lmaydi. Inson organizmi ko‘pi bilan bir soat kulgiga chiday oladi. Bu olimlar tadqiqotlari bilan isbotlangan. Bundan tashqari, kulgi ijtimoiy munosabatlarning ajoyib elementidir. Kulgi yordamida o‘z-o‘zimizni himoya qilishimiz, ma’qullash kabi hislarni bildirishimiz mumkin. Kulish orqali suhbatdoshda o‘zimizga nisbatan mehrni uyg‘otamiz va jamiyat bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yamiz.

Fransiyalik shifokor Feliks Bremon kulgini podagra va jigar kasalliklarini davolashda ancha qulay vosita, deb hisoblaydi. Norvegiyalik professor Karla Rudalyaning tadqiqotlariga ko‘ra, kulgi ko‘krak qafasini mustahkamlaydi, yelka mushaklarini rivojlantiradi, umuman olganda kulgi inson organizmiga o‘ziga xos g‘ayrat bag‘ishlaydi.

Haqiqatan ham, kulgi ko‘plab hayotbaxsh xususiyatga ega. Ehtimol shuning uchun ham Amerikada hazil-mutoyiba terapevtik uyushmalari tashkil etilgan. Nevropatolog Barri Bitman psixoneyroimmunologiya (hissiyotning immunitet tizimiga ta’sir etishini o‘rganuvchi soha) asoschilaridan biridir. U kulgi terapiyasi organizmning immun funksiyalarini mustahkamlashga yordam beradi, deb hisoblaydi. Shu jumladan, kulgi jiddiy kasalliklarga qarshi tabiiy himoya vositasi sanaladi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

46

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing