Qani endi vaqt tezroq o‘tsa va ayollar ichidan ham viloyat hokimlari topilsa – Prezident

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hafta davomidagi faoliyati aks etgan “Maxsus rakurs” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida Prezidentning Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tgan bayram tadbiridagi ishtirokidan lavhalar taqdim etildi. Unda Shavkat Mirziyoyev boshqaruv sohasidagi ayollar mavzusiga to‘xtalgan.

“O‘zlarining fidoyiligi, vatanparvarligi va islohotlarga bo‘lgan ishonchi bilan buning uchun bellarini mahkam bog‘lab, ayollarimiz 6 ta tumanda hokimlik qilyapti. Men Namanganda aytdim: qani endi vaqt tezroq o‘tsa, bularning ichidan ham viloyat hokimi topilsa, men juda minnatdor bo‘lardim”, deydi Prezident.

Ma’lum qilinishicha, boshqaruv tizimida ayollarning ulushi 33 foizga yetgan. Shuningdek, 1,5 mingga yaqin ayol rahbarlik lavozimida ishlamoqda. Ularning 6 nafari mamlakatning turli tuman va shaharlariga hokimlik qilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

112

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing