Qanday oila kam ta’minlangan deb topilishi belgilandi

Jamiyat

image

Vazirlar Mahkamasining kecha, 21 oktyabr kuni qabul qilingan qarori bilan Kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, ishlovchi onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (byudjet tashkilotlarida ishlaydigan onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bundan mustasno) bola 2 yoshga yetguncha uni parvarishlash uchun beriladigan har oylik nafaqani olish muddati tugaganidan so‘ng bolalar nafaqasini olishi mumkin.

Bolalar nafaqasi oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib tayinlanadi.

Bolalar nafaqasi 12 oy muddatga tayinlanadi, biroq oilaning eng kichik yoxud yagona bolasi tegishlicha 18 yoshga to‘lgan oyning oxirigacha to‘lanadi.

Moddiy yordam bola (bolalar)siz yoki barcha bolalari 18 yoshdan katta oilalarga va yakka-yolg‘iz fuqarolarga 6 oy muddatga tayinlanadi.

Oila:

•    2021 yil 1 sentyabrdan – oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad 440 ming so‘mdan oshmaganda;
•    2022 yildan boshlab – oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmaganda kam ta’minlangan deb e’tirof etiladi.

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam tegishli arizalarga asosan “Yagona reyestr” AT orqali kam ta’minlangan oila deb e’tirof etilgandan so‘ng tayinlanadi.

Har bir oila tomonidan ariza topshirish va “Yagona reyestr” ATga kiritish bir oyda bir marta amalga oshiriladi.

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam ariza beruvchi murojaat qilgan oydan keyingi oydan boshlab to‘lanadi. 

Qarorga ko‘ra, 2022 yil martgacha jismoniy shaxslarning dala tomorqa yer maydonlari ro‘yxati shakllantirilib, tegishli ma’lumotlar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga taqdim etib boriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

800

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing