Qanday qilib HUAWEI nova sizning turmushingizga zeb beradi?

Biznes

image

HUAWEI nova smartfonlarining har bitta avlodi ilg‘or texgologiyalar asosida yaratilib, zamonaviy dizayn, qudratli kamera, a’lo darajali funksiyalar va intellektual muloqotda o‘z aksini topuvchi innovatsiyalar g‘oyasini ifoda etadi. Yangi HUAWEI nova 10 seriyasi ham mazkur g‘oyani davom ettirgan holda HUAWEI nova 10 Pro, HUAWEI nova 10 va HUAWEI nova 10 SE modellarini qamrab oluvchi 10-avlod qurilmalarining silsilasini boshlab berdi.

Quyida HUAWEI nova 10 seriyasidagi qurilmalarning texnik xususiyatlari va funksiyalari haqida ma’lumot keltiriladi.

Zamonaviy inflyuyenserlar uchun bashang dizayn

HUAWEI nova 10 seriyasi Miltillovchi kulrang, Porloq qora, Yalpizsimon yashil va Lavanda ranglarida taqdim etilgan bo‘lib, ularning fazoviy shu’lasi qanday uslubligidan kat’i nazar, sizning qiyofangizni boshqalardan yaqqol ajratib turadi. Hashamat va noziklik tarovatini hosil qilish uchun bir xil tusli va neytral kiyimlar bilan Miltillovchi kulrang va Porloq qora rangidagi nova 10 Pro modelini uyg‘unlashtirish tavsiya etiladi. Yalpizsimon yashil rangidagi nova 10 SE navqironlik va hayotiy quvvatni a’lo darajada ta’kidlay oladi, mayin Lavanda rangli nova 10 esa sokinlik va tabiat bilan qorishish hissiyotini yaratadi. Bu har ikkala model rang-barang libos yoki guldor naqshli aksessuarlarni xush ko‘radigan zamonaviy inflyuyenserlarga mos tushib, ularning qiyofasiga bir maromda zeb bag‘ishlay oladi.

Havaskorlar va professional fotograflar uchun kameralar

HUAWEI nova 10 seriyasidagi kameralar har qanday darajadagi fotograflarning talablariga javob bera oladi.

HUAWEI nova 10 va nova 10 Pro qurilmalari Ultra Vision 50 MP RYYB va avtomatik fokuslash funksiyasiga ega 8 MP aniqlikdagi ultrakeng burchakli makromoduldan iborat asosiy Ultra Vision kamerasi bilan jihozlangan bo‘lib, bu ayniqsa, endigina fotografiya olamiga kirib kelayotgan suratkashlar uchun ayni muddaodir. Yangi fotograflarga bitta qurilmaning o‘zida har xil tasvirga olish usullarini sinab ko‘rish imkoniyatini taqdim etish uchun asosiy dinamik kamera yordamida smartfon har qanday sahnalarni, deylik, baland tog‘lar tizmasidan gul bargidagi shudring qatrasigacha bo‘lgan manzaralarni muhrlay oladi.

Har kunlik kontentni yaratishga xizmat qiladigan vositalar.

HUAWEI nova 10 SE modelining asosiy kamera moduli tasvirlarni qayta ishlovchi RAW tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, u yuqori aniqlikdagi High-Res 108 megapikselli  asosiy modul va 2 MP aniqlikka ega makromoduldan tashkil topgan. 9 ta pikselni 1 ta pikselga birlashtirish texnologiyasi kengaytirilgan yoritish diapazoni tufayli ajoyib detalizatsiya darajasini ta’minlaydi. f/1.9 formatdagi keng diafragma esa ko‘proq yorug‘likni o‘tkazish va orqa fonni tabiiy xiralashtirish uchun o‘tkirlik chuqurligini yaxshilash imkonini berib, tasvirga olish ob’ektiga butun e’tiborni jalb etadi. RAW formatdagi kadrlarni birlashtirish algoritmi turfa xil tasvirga olish ssenariylarida yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. nova 10 SE smartfoni ham ichkarida, ham tashqarida, qorong‘ilik yoki xira yoritish sharoitida ham ajoyib suratlarni tushira oladi.

108 megapikselli asosiy kamera yorug‘likka nihoyatda sezgir bo‘lib, yorqin muhitda bag‘oyat tiniq suratlarni yaratadi. Kameraning asosiy moduliga sozlangan High-Res yuqori aniqlik rejimida foydalanuvchilar soch, teri jilosi va yuzning boshqa qirralari  maksimal darajada aniq aks etishi uchun 108 megapikselgacha bo‘lgan suratlarni olishlari mumkin.

Geymerlar va ko‘ngilochar mashg‘ulot ishqibozlari uchun funksiyalar to‘plami.

Mobil o‘yinlar rivojlangan bir davrda, foydalanuvchilar o‘yin funksiyalaring keng to‘plamiga ega smartfonlarni afzal ko‘rishadi. HUAWEI nova 10 va nova 10 Pro smartfonlari o‘yin sifatini oshiruvchi yangi Touch Turbo 2.0 texnologiyasi bilan kuchaytirilgan. Foydalanuvchilar kerakli amalni ishga tushirish uchun shunchaki qurilmani silkitishlari kifoya. Bu xususiyat MOBA, action va poyga janridagi o‘yinlarni xush ko‘ruvchilar uchun asqotadi. Smartfonning xolatini o‘zgartirgan holda, o‘yinchilar hech qanday qiyinchiliksiz nishonga olishi, otishi, aslaha-anjomlarni almashtirishi, qurolni qayta o‘qlashi va oldinga yurishlari mumkin.

HUAWEI nova 10 va nova 10 Pro juft karnayda stereotizmni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Ko‘plab tovush sozlamalari va 3D-ohangni o‘z ichiga olgan Histen texnologiyasi foydalanuvchilarga yanada haqqoniy hissiyotni baxsh etib, o‘yin, musiqa yoki filmga sho‘ng‘ish imkonini beradi. Bundan tashqari, nova 10 seriyasidagi smartfonlarda HUAWEI SuperCharge tezkor quvvatlash funksiyasi ham mavjud bo‘lib, u qurilmani sanoqli daqiqalarda zaryadlay oladi. Endi batareyaning ish vaqti xaqida o‘ylanaverib, bezovta bo‘lishga hojat yo‘q. Navbatdagi o‘yinni yuklab olishi yoki quvvatlanishi uchun shunchaki o‘z nova 10 Pro telefoningizni 20 daqiqaga surib qo‘ying. Tanaffusdan keyin sevimli serialingizni tomosha qilish yoki maroqli o‘yinni o‘ynashga qaytishingiz mumkin.

HUAWEI nova 10 seriyasidagi smartfonlar xaqida batafsil.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

32

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing