Qamchiq dovoni avtomobil harakati uchun qayta ochildi

Jamiyat

image

Avvalroq 5 mart kuni soat 00:01 dan Qamchiq dovonida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi. Bugun, 5 mart kuni 9:30 da dovon avtomobil harakati uchun qayta ochildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, Qamchiq dovonida avtomobillar harakati tinimsiz qor yog‘ishi oqibatida qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelgani bois vaqtincha yopilgan edi.  

Faqulodda vaziyatlar vazirligi boshchiligida tegishli tashkilotlarning xodimlari tomonidan olib borilgan zururiy profilaktik tadbirlar natijasida soat 9:30 da dovon avtomobil harakati uchun qayta ochilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

30

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing