Qamchiqda yuk mashinalari harakati to‘xtatildi. Dovon butunlay yopilishi ham mumkin

Jamiyat

image

Qamchiq dovonida havo harorati keskin pasayib, qor yog‘ishi kuchayishi oqibatida yo‘llarda muzlamalar hosil bo‘lgan. Shu sababli, dovon yuk mashinalari uchun yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Mabuot xizmati xabar berdi.

“Qamchiq dovonida ayni payt havo harorati -12 gradusni tashkil etmoqda. Hozircha yengil avtomobillar harakatlanmoqda. Qor yog‘ishi kuchayib, yo‘llarda harakatlanish xavf tug‘dirishni boshlasa, dovon to‘liq yopilishi ham mumkin”, deyiladi xabarda. 

“Qamchiq” maxsus-qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqaruvi boshchiligidagi fuqarolardan zarurat bo‘lmasa dovon orqali harakatlanmaslikni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qamchiq dovonida kuchli yog‘ayotgani, tog‘ yon bag‘irlarida qor balandligi 1,5 metrga yetgani xabar qilingandi.

Shuningdek, dovonda yarim soatda ikki avtomobil xandaqqa tushib ketgani haqida xabar berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing