Qamchiqda qor: IIV haydovchilarni ogohlantirdi
Jamiyat
−
01 aprel 2021 17274 1 daqiqa
Qamchiq dovonidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lida qor yog‘ib, muzlamalar yuzaga kelishi kuzatilmoqda. Bu haqda IIV YHXBB xabar berdi.
“Barcha haydovchilardan oraliq masofani saqlab, ob-havo sharoitini inobatga olgan holda harakatlanishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston hududiga Qozog‘iston orqali g‘arbiy Sibirning janubiy hududlari ustida shakllangan sovuq havo massalari kirib kelishi ma’lum qilingandi.
Live
Barchasi