“Qamchiq”da harbiy shaharcha foydalanishga topshirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi tasarrufidagi “Qamchiq” dovonida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari uchun harbiy shaharcha qurilib, foydalanishga topshirildi.

“Qamchiq” dovonida joylashgan ushbu bo‘linma dengiz sathidan 1ming 350 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, iqlim sharoitiga ko‘ra Mudofaa vazirligining boshqa harbiy qismlaridan farq qiladi.

Bu yerda harbiy xizmatni olib borishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, shaxsiy tarkibning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ular uchun xizmatni o‘tashning xavfsiz shart-sharoitlarini yaratish maqsadida, mudofaa vaziri boshchiligida, vazirlik markaziy apparatining manfaatdor bo‘linmalari bilan hamkorlikda qiymati 24 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan qurilish ishlari olib borildi va mutlaqo yangi ko‘rinishdagi harbiy shaharcha qad rostladi. Shtab binosi, Madaniyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ittifoqi xonasi, kutubxona, qorovulxona, kapital ta’mirlangan va yangi qurilgan avtoturargoh, oshxona, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar uchun qurilgan yotoqxona binolari zamon talablariga to‘liq javob beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing