Qabul-2022: ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar 1 mlndan oshdi

Jamiyat

image

Kecha, 22 iyul kuni soat 18:00 holatiga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni — 1 007 313 nafarga yetdi.

Shundan:

•    374 319 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
•    632 994 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

•    Kunduzgi ta’lim shakli — 544 922 nafar;
•    Sirtqi ta’lim shakli — 433 510 nafar;
•    Kechki ta’lim shakli — 22 776 nafar;
•    Masofaviy ta’lim shakli — 6 105 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

•    Qashqadaryo viloyati — 115 484 nafar;
•    Samarqand viloyati — 111 898 nafar;
•    Toshkent viloyati — 97 586 nafar;
•    Farg‘ona viloyati — 91 766 nafar;
•    Surxondaryo viloyati — 85 793 nafar;
•    Andijon viloyati — 66 517 nafar;
•    Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 64 987 nafar;
•    Namangan viloyati — 63 449 nafar;
•    Jizzax viloyati — 59 325 nafar;
•    Toshkent shahri — 58 562 nafar;
•    Buxoro viloyati — 57 487 nafar;
•    Xorazm viloyati — 53 328 nafar;
•    Navoiy viloyati — 44 565 nafar;
•    Sirdaryo viloyati — 36 566 nafar.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

611

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing