Qabul-2022: Abituriyentlarga 5 ta yo‘nalish tanlashda qo‘shimcha imkoniyat berildi

Jamiyat

image

2022/2023 o‘quv yili uchun ham abituriyentlarga 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Qarorga ko‘ra abituriyentlarga:

•    test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini (kunduzgi, sirtqi, kechki) tanlash huquqi beriladi;

•    ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik to‘lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ham abituriyentlarga beshta yo‘nalishni tanlash imkoniyati berilgandi. Biroq turli ta’lim shakllari orasidan yo‘nalishlarni tanlash imkoniyati mavjud emasdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

436

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing