Qahramonov UFC'dagi ilk jangida muddatidan avval g‘alaba qozondi (video)

Sport

image

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Saidyoqub Qahramonov UFC'dagi dastlabki jangida muddatidan avval g‘alabaga erishdi. U bugun, 22 avgust kuni AQSHning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan “UFC on ESPN 29” musobaqasining asosiy kardida guamlik Trevin Jonsga (13-6) qarshi bahs olib bordi.

Qahramonov so‘nggi, 3-raundda raqibini bo‘g‘ish uslubi bilan mag‘lub etdi va bahs yakuniga bir necha soniya qolganda g‘alaba erishdi. E’tiborli tomoni shundaki, bunga qadar O‘zbekistonlik sportchi ustunlikka erishayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Saidyoqub Qahramonov (9-2) UFC promousheni bilan 4 ta jang uchun shartnoma imzolagan. 

Aslida Trevin Jons Mana Martinesga qarshi jang qilishi ko‘zda tutilgandi. Lekin ushbu jang bekor qilingan va o‘zbekistonlik 26 yoshli MMA ustasi unga raqib sifatida tanlangan.

Shu tariqa, UFC’da jang qiladigan o‘zbekistonlik sportchilar soni to‘rt nafarga yetdi. Qahramonovga qadar, Mahmud Murodov, Zarrux Adashev va Liliya Shakirova ushbu promoushenda oktagonga ko‘tarilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 29 avgust kuni UFC 'ning o‘rta vazn toifasida ishtirok etuvchi Mahmud Murodov “UFC on ESPN 30” turniri doirasida amerikalik Jerald Myorshartga qarshi oktagonga chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

590

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing