Shohjahon Ergashev chempionlik kamari uchun ringga chiqadi

Sport

image

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashev (15 ta jang 14 ta nokaut) 15 fevral kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Shohjahon Ergashev amerikalik bokschi Maykl Foksga qarshi ringga chiqadi. 10 raunddan iborat jang AQSHning Kanzas shtati Mulveyn shahridagi “Kanzas Star” arenasida o‘tadi.

Jang super yengil vazn toifasining IBF International chempionlik kamari uchun kechishi ta’kidlanyapti.

Ma’lumot uchun, Maykl Foks 23 yoshli amerikalik bokschi. Shu vaqtgacha 19 jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. 5 jangni nokaut bilan yakunlagan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

150

Reyting

1.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing