“Jetour'da dunyo bo‘ylab sayohat” loyihasiga start berildi

Biznes

image

"Jetour'da dunyo bo‘ylab sayohat" loyihasiga start berildi. Joriy yilning 23 sentyabr kuni Yangi O‘zbekiston bog‘ida loyihaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda O‘zbekistondagi rasmiy dilerdan Jetour modellarining istalgan birini xarid qilgan mijozlar ixtiyoriy ravishda ishtirok etdi va ko‘ngilochar tomoshalar, konsert va prezentatsiyaning guvohi bo‘ldi.

Jetour kompaniyasining O‘zbekistondagi boshqaruv direktori Bekpo‘lat Xudoyqulov avtokarvon yo‘nalishi haqida ma’lumot berdi: "Jetour'da dunyo bo‘ylab sayohat" loyihamiz bugundan boshlandi. Loyihadan ko‘zlangan maqsad Jetour avtomobillari faqat tekis yo‘llarda emas, balki barcha turdagi yo‘llarga mo‘ljallanganini ko‘rsatib berish. Xalqimizni shu loyihada faol ishtirok ettirish va "Respublika bo‘ylab" sayohatini tashkil etish. Sayohat Andijondan boshlanib, vodiy viloyatlari, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Navoiy viloyatlarida davom etadi va global miqyosdagi "Jetour'da Dunyo bo‘ylab" loyihasiga qo‘shiladi. Bu loyiha qo‘shni davlatlar, MDH davlatlari va Yevropada davom etadi. Dunyoning barcha joyida amalga oshiriladi. 

"Loyiha doirasida mijozlarimiz avtomobillarni har xil sharoitli yo‘llarda sinab ko‘rishlari mumkin. Shu bilan birga, e’tiborga molik joylarimizni Jetour bilan birgalikda sayohat qilishadi", deydi u. 

Avtokarvon 3 kun davomida Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent, Jizzax, Samarqand va Buxoro viloyatlarining ko‘zga ko‘ringan joylariga tashrif buyuribgina qolmay, avtomobillarning tog‘li, cho‘lli va ravon yo‘llarga moslashuvchanligini sinovdan o‘tkazishlari mumkin. Barcha qatnashchilar O‘zbekistondagi Jetour haydovchilar klubiga a’zo bo‘lib, bir martalik moy almashtirish sertifikati va boshqa sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

"Jetour brendi bugun yana bir xayrli ishga qo‘l urdi. Ya’ni, Jetour avtomobillarini sotib olgan xaridorlar birgalikda Andijondan Buxorogacha bo‘lgan masofani bosib o‘tishadi. Bu loyihadan maqsad Jetour avtomobillarining turli sharoitlarda qanday harakatlanishiga guvoh bo‘lish va shu bo‘yicha savollarga javob olish uchun. Umuman,bu brend o‘zini ko‘rsatib ulgurgan. Loyiha yaxshi natijalar beradi, deb o‘ylayman. Jetour mashinalari juda yaxshi, o‘zim 2 yildan beri haydayman. Menga juda ham ma’qul", deya fikr bildirdi Jetour mijozi Salohiddin Bo‘riyev.

Jetour bilan O‘zbekiston bo‘ylab oilaviy sayohat qiling!

Batafsil ma’lumot: +998 78 113 03 00

Manzil: Sergeli 2-mavze, 5-metro bekati, “Jetour” avtosaloni

Ijtomoiy tarmoqdagi sahifalar:

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring jetouruzbekistan.uz

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Facebook'da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing

Instagram'da yangiliklardan xabardor bo‘ling

YouTube'da bizni kuzatib boring

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing