Davlat Toshkentdagi daraxt kesilishi holatlarini nazoratga oldi
Jamiyat
−
23 fevral 2020
4567Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani, Yunus Rajabiy ko‘chasida daraxtlar kesilishi holati davlat nazoratiga olingan. Bu masala bo‘yicha poytaxt hokimligi va prokuraturasi hamda barcha aloqador tashkilot va idoralar tarkibida ishchi guruh tuzilgan.
Ta’kidlanishicha, ishchi guruh qisqa muddatda shahar iqlimi va landshaftiga mos keladigan sersoya daraxatlar ekish orqali daraxtzorning qayta tiklanishini ta’minlaydi.
“Ko‘chat ekish va boshqa obodonlashtirish ishlari mahalliy aholi xohish-istaklarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.
Xabarlarga ko‘ra, ushbu holat bo‘yicha qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘riladi.
Toshkent shahar hokimligi ishlarning borishi va o‘rganish natijalari to‘g‘risida axborot berib borishini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi