Janubiy Koreyada aholi orasida koronavirusga qarshi antitanalarni sinash boshlandi

Olam

image

Janubiy Koreya rasmiylari aholining necha foizi infeksiyalanganligi va immunitetga ega ekanliklarini aniqlash uchun mamlakatning turli mintaqalarida istiqomat qiluvchi aholiga koronavirus antitanalarini sinashni boshladi. Bu haqda bugun, 22 may kuni mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi ma’lum qildi.

Dastlabki bosqichda Tegu shahri va Kyonsan-Pukto va Kyonsan-Namdo provinsiyasining bir yarim mingga yaqin aholisi sinovdan o‘tkaziladi. Yil oxiriga kelib, mamlakatning turli mintaqalaridagi yana yetti ming aholidan namunalar olinadi. Bu kasallik alomatlari bo‘lmaganligi sababli infeksiyani bilmagan holda qancha odam tuzalib ketganligini aniqlashga yordam beradi.

Boshqa bir qator mamlakatlarda o‘tkazilgan antitana testlari aholining 10 foizdan 20 foizgachasi infeksiyaga qarshi immunitetga ega ekanligini ko‘rsatdi.

Janubiy Koreyada tasdiqlangan infeksiya holatlari soni 11 142 tani tashkil etmoqda. Ulardan 10 162 nafari to‘liq davolangan. Mamlakatda o‘lim darajasi 2,37 foizga yetdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirks Koreyada

Baholaganlar

38

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar