Issiq kunda nimalarni iste’mol qilishni bilasizmi?

Salomatlik

image

Hozirgi kunda odam organizmi uchun 13 turdagi vitaminlar zarurligi fanda isbotlangan. Bular kalsiy, natriy, magniy, kaliy, fosfor, yod, temir va boshqa moddalar. Ularni biz asosan meva-sabzavotlar, ko‘katlar, poliz hamda sut, go‘sht, parranda, baliq, tuxum, dukkakli mahsulotlardan olamiz. Umuman olganda, yozgi oziq-ovqatlar tarkibini 28 foiz yog‘, 55 foiz oqsil, 17 foiz uglevodlar tashkil etishi kerak. Shu bois issiq kunda okroshka, go‘ja kabi parhezli taomlarni iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Ular ham to‘yimli, ham mazali.

Issiq kunda ko‘proq suyuqlik ichish tavsiya etiladi. Mutaxassislar fikricha, bir kecha-kunduzda inson o‘z vaznining har kilogrammiga 30 millilitrdan suv iste’mol qilishi kerak. Masalan, 50 kilogramm vazndagi odam sutkasiga 1,5 litr suv ichishi zarur. Suyuqliklar inson organizmidagi toksinlarni yuvishi bilan ham ahamiyatlidir.

Yozda dasturxonimizda toblab pishirilgan sabzavotlar, yangi uzilgan mevalar, dukkakli o‘simliklar, qaynatilgan taomlar, qatiq, tvorog kabi sut mahsulotlari bo‘lishi tavsiya etiladi. Bu kabi minerallar va oqsillarga boy mahsulotlar organizmda moddalar almashuvini yaxshilaydi, immunitetni mustahkamlaydi.

Inson to‘g‘ri ovqatlanishni yo‘lga qo‘yishda eng avvalo yoshi, salomatligi va faoliyat olib borayotgan mehnat turidan kelib chiqib yo‘lga qo‘yishi lozim. 

Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari” asarida to‘g‘ri ovqatlanish va uning ahamiyati to‘g‘risida to‘xtalib, “Kimki sog‘lom turmush tarziga erishmoqchi bo‘lsa, o‘z sog‘lig‘ini saqlamoqchi va mustahkamlamoqchi bo‘lsa, ovqatlanish tartibiga, iste’mol qilinayotgan ovqatning sifatiga, miqdoriga, ovqatni iste’mol qilish vaqti va uning hazm bo‘lish jarayoniga asosiy e’tiborini qaratmog‘i lozim”, deb aytadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yuqori quvvatli taomlarni muntazam tanovul qilish, shu bilan birga, kamharakatlilik qon bosimi, qandli diabet, insult, miokard infarkti, buyrak va me’da-ichak tizimi a’zolari kasalliklarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

31

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing