O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori tayinlandi
Jamiyat
−
11 mart 2020
5075O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bugun, 11 mart kuni qabul qilgan qaroriga binoan O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi rahbari tayinlandi.
Qayd etilishicha, Sirojiddin Baxromovich Rahmonaliyev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Ma’lumot uchun Sirojiddin Rahmonaliyev bunga qadar Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanidagi Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
LiveBarchasi