Meva-sabzavotlar narxlari mavsumiy pasaymadi — MB

Jamiyat

image

2021 yilning iyun oyi yakunlari bo‘yicha yillik inflyatsiya darajasi may oyida kuzatilgani kabi 10,9 foizni tashkil etib, so‘nggi to‘rt-besh oydan beri deyarli o‘zgarishsiz shakllanmoqda. Bu haqda Markaziy bank Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu oyda oziq-ovqat mahsulotlari narxining yillik o‘sishi 14,7 foizni tashkil etib, umumiy inflyatsiya darajasiga ta’siri yuqoriligicha saqlanib qolgan. Shuningdek, may-iyul oylarida meva-sabzavotlar narxlarida mavsumiy pasayish kuzatilmagan. 

“Oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘suvchi dinamikasi ko‘proq ishlab chiqarish, ob-havo sharoitlari, hosildorlik darajasi, umuman olganda, taklif bilan bog‘liq omillar ta’siri bilan izohlanadi”, deyiladi MB xabarida.

Markaziy bankning ta’kidlashicha, nooziq-ovqat va xizmatlar narxlarida iyun oyida yillik o‘sish sur’atlari mos ravishda 8,2 va 8,1 foizni tashkil etib, umumiy inflyatsiyani prognoz doirasida sekinlashishiga xizmat qildi. Meva va sabzavotlarning narxlari o‘zgarishini istisno qilish orqali hisoblanadigan bazaviy inflyatsiya darajasi iyun oyida umumiy inflyatsiya darajasidan pasayib, 10,2 foizni tashkil qildi.

Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining kelgusi 12 oy uchun inflyatsion kutilmalarida joriy yilning mart oyiga nisbatan 0,8 foizga o‘sdi. Kelgusida asosiy oziq-ovqat tovarlari narxlarining barqarorlashuvi kuzatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

47

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing