Iyun oyida Mirziyoyev Tojikistonga tashrif buyurishi kutilmoqda
Jamiyat
−
22 aprel 2021
2899O‘zbekiston va Tojikiston Bosh vazirlari Abdulla Aripov hamda Qohir Rasulzoda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega tashrifini muhokama qiladi. Bu haqda “Sputnik” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov 24 aprel kuni Tojikistonga boradi. Tashrif davomida Aripov Xo‘jandda Tojikiston Bosh vaziri Kohir Rasulzoda bilan uchrashadi.
Xo‘jandda ikki hukumat rahbarlari O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga rasmiy tashrifi, unga tayyorgarlik to‘g‘risida muzokara olib boradi.
Xabarga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston poytaxti Dushanbega tashrifi iyun oyining birinchi yarmida bo‘lishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, ikki mamlakat vazirlik va idoralarining mutaxassislari Bosh vazirlarga O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘z g‘oyalarini taqdim etadi.
Diyora Abdurahmonova
LiveBarchasi