Iyulning ilk haftasi nisbatan salqin ob-havo bilan o‘tadi

Bu qiziq

image

Qozog‘iston hududlaridan kirib kelgan nisbatan salqin havo massasi bugun, 3 iyul kuni O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqala boshlaydi. Kunduzi havo harorati 33-36 darajagacha, janubda esa 40 daraja issiq atrofida bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Joriy yilning 3-7 iyul kunlari ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda, shuningdek, 4 iyulda kechga tomon Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. 3-4 iyul kunlari eng chekka janubda 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxt Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat asosan 34-36 daraja issiq atrofida bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo Gidrometeorologiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing