Iyulda O‘zbekistonga eng ko‘p sayyoh qaysi davlatdan kelgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
13 avgust 2022 26980 1 daqiqa
2022 yilning iyul oyida 540,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 359,8 ming nafarga yoki 3 baravarga oshgan.
O‘zbekistonga turistik maqsadlarda eng ko‘p tashrif buyurgan mamlakatlar fuqarolari:
• Qozog‘iston – 181,8 ming nafar;
• Tojikiston – 143,4 ming nafar;
• Qirg‘iziston – 126,3 ming nafar;
• Rossiya – 61,6 ming nafar;
• Turkiya – 6,8 ming nafar;
• Koreya – 2,2 ming nafar;
• Germaniya – 1,5 ming nafar;
• AQSH – 1,3 ming nafar;
• Isroil – 1,2 ming nafar;
• Hindiston – 1,1 ming nafar;
• Buyuk Britaniya – 1 ming nafar;
• Belarus – 0,9 ming nafar;
• Fransiya – 0,8 ming nafar;
• Italiya – 0,7 ming nafar;
• Ispaniya – 0,4 ming nafar.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr