Iyul oyida yog‘, go‘sht va tuxum narxida qanday o‘zgarish bo‘ldi?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Yakuniga yetgan iyul oyida O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol narxlari indeksi o‘rtacha 0,9 foizga pasaydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida qayd etilgan.

Oy davomida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar 0,2 foizga, nooziqovqat mahsulotlari esa 0,5 foizga arzonlashib, xizmatlar 0,2 foizga qimmatlashdi. 

2021 yilning iyul oyida asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan tuxum 4,5 foizga, kungaboqar yog‘i 0,5 foizga, yangi sog‘ilgan xom sut 0,1 foizga arzonlashgan bo‘lsa, mol go‘shti 1,1 foizga, qo‘y go‘shti 1,6 foizga, tovuq go‘shti 1,2 foizga qimmatlashdi. 

Shuningdek, joriy yilning yanvar-iyul oyida narxlar oshishi bo‘yicha yetakchi uchlikdan yog‘-moy mahsulotlari, meva va yong‘oqlar, shakar, qandolat mahsulotlari va desertlar o‘rin oldi.

Qayd etish kerakki, meva va sabzavotlar orasida narxlar oshishi bo‘yicha yil boshida ham, yillik nisbatda ham sezilarli ustunlik bilan sabzi narxlari yetakchilik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

82

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing