ITB O‘zbekistondagi 30 ta loyihaga $2,5 mlrddan ortiq mablag‘ ajratdi – Mirziyoyev

Jamiyat 2830
image

Xabaringiz bor, bugun, 2 sentyabr kuni Toshkentda Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilari kengashining 46-yillik yig‘ilishi boshlandi. Mazkur anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev so‘zga chiqdi.

Prezident nutqi davomida O‘zbekistondagi qator sohalarda islohotlar qilish uchun ITB tomonidan umumiy qiymati 2,5 milliard dollardan ortiq 30 ta investitsiya loyihasi ma’qullanganini ma’lum qildi.

“Bugungi kunga qadar bank tomonidan O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash, ta’lim, qishloq va suv xo‘jaligi, ichimlik suvi ta’minoti, yo‘l infratuzilmasi hamda qishloq joylarda arzon uy-joylarni qurish uchun jami 2,5 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan 30 ta yirik investitsiya loyihalari ma’qullangan. Va biz buni yuksak qadrlaymiz”, deydi Mirziyoyev.

Prezident so‘zida davom etarkan, Iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish jamg‘armasini mazkur anjuman davomida imzolangani uchun ITBga va Saudiya Arabistoni podshohligi hukumatiga minnatdorlik bildirdi.

“Bizning kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarimizni qo‘llab-quvvatlaydigan yangi loyiha – Iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish jamg‘armasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvning mazkur anjuman doirasida imzolangani uchun Islom taraqqiyot banki va Saudiya Arabistoni podshohligi hukumatiga o‘z tashakkurimizni bildiramiz. Kapitali 500 mln dollarga yetkazilishi ko‘zda tutilgan mazkur jamg‘arma yoshlarimiz, ayollarimiz va qishloq aholisini tadbirkorlikka jalb qilish uchun zarur sharoitlar yaratishga xizmat qiladi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyev nutqini hadisdan iqtibos keltirish bilan boshlab, buyuk allomalarning qilgan ishlari va ilm-fanga qo‘shgan hissalari haqida alohida to‘xtalgandi.

Murod Berdiyev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 70
Reyting: 3.1
t
×