ITB prezidenti Mirziyoyev aytganidan 3 baravar ko‘p loyiha moliyalashtirilishini aytdi
Jamiyat
−
03 Sentabr 2021
7161Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonga 101 ta loyihani rivojlantirish va moliyalashtirish uchun 2,4 milliard dollar ajratadi. Bu haqda, kecha, 2 sentyabr kuni Toshkentda Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilari kengashining 46-yillik yig‘ilishida ITB prezidenti Muhammad bin Sulaymon Al-Jassir ma’lum qildi.
“O‘zbekiston 2003 yildan buyon ITB ning muhim a’zosi hisoblanadi. ITB guruhining mamlakatdagi loyihalarini moliyalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha mablag‘ning umumiy qiymati 2,4 millard dollarga teng bo‘lib, 101 ta loyihani o‘z ichiga oladi. Shu bilan birgalikda, ITB shoshilinch tibbiy asbob-uskunani sotib olish, katta va o‘rta tadbirkorlik chidamliligini oshirish uchun mamlakatning pandemiya davrida qo‘llab-quvvatlash uchun 141 millon dollar ajratdi”, deydi Muhammad bin Sulaymon Al-Jassir.
Jassirga ko‘ra, ITB O‘zbekiston hukumati va sarmoyadorlari bilan hamkorlikda dastlabki kapitali 100 million dollarni tashkil etuvchi iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish jamg‘armasini birinchi bor ishga tushirmoqda. Ushbu loyiha 100 mingdan ortiq ish o‘rni yaratish va mamlakatda kambag‘allikni kamaytirishga o‘z hissasini qo‘shishni maqsad qilgan.
“Joriy yil jahon iqtisodiyoti uchun misli ko‘rilmagan qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. Pandemiya global rivojlanish manzarasini sezilarli darajada o‘zgartirdi. Jahon iqtisodiyoti 3,3 foizga qisqargan, 57 ta a’zo mamlakatda o‘rtacha pasayish 1,7 foizni tashkil etdi. Xalqaro mehnat tashkilotlari hisob kitoblariga ko‘ra, global ish vaqti 8,8 foiz yo‘qolgan bo‘lib, u butun dunyo bo‘yicha 255 mln to‘liq ish vaqtiga to‘g‘ri kelar ekan. Bundan tashqari, jahon bankining so‘nggi hisoblariga ko‘ra 2020 yilda 100 milliondan ortiq odam qashshoqlashdi. Shu bilan birga, yoshlar ayollar va past malakali ishchilar eng ko‘p zarar ko‘rganlar qatorida bo‘lishdi”, deydi ITB prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev ham ushbu anjumanning ochilish marosimida so‘zga chiqib, O‘zbekistondagi qator sohalarda islohotlar qilish uchun ITB tomonidan umumiy qiymati 2,5 milliard dollardan ortiq 30 ta investitsiya loyihasi ma’qullanganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi