Italyan rassomining shedevri 92 mln dollarga sotildi

Madaniyat-san’at

image

Italiyalik uyg‘onish davri rassomi Sandro Bottichellining "Medalonli yigit" asari kimoshdi savdosida 92 million dollarga sotildi. 

Manbaga ko‘ra, bu rassomning suratlari bo‘yicha kimoshdi savdosidagi yangi rekord hisoblanadi.

Kimoshdi savdosi Nyu-Yorkda Sotheby's auksion uyi tomonidan o‘tkazilgan. 

Asar XV asrning ikkinchi yarmida yaratilgan va ingliz zodagonlari oilasining bir necha avlodlariga tegishli bo‘lib kelgan. 

Oxirgi egasi uni bir millionga sotib olgan. Endi esa, u deyarli 100 baravar ko‘p narxga sotilgan. Xaridorning kimligi oshkor etilmagan.

Rossiya va MDH davlatlari mijozlari bilan ishlash uchun mas’ul bo‘lgan kimoshdi savdosi xodimi g‘olib stavkasini e’lon qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, dunyodagi eng qimmat surat Leonardo da Vinchining "Dunyoning xaloskori" asari hisoblanadi. 

U 2017 yilda Nyu-Yorkdagi kimoshdi savdosida 450 million dollarga sotilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sandro Bottichelli

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar