Italiyaning mashhur brendi hayvon mo‘ynasidan foydalanishdan voz kechdi
Olam
−
01 fevral 2022 4654 1 daqiqa
Italiyaning “Dolce & Gabbana” moda uyi joriy yildan boshlab o‘z kolleksiyalarida hayvonlarning mo‘ynasidan foydalanmaydi. Bu haqda “Vogue” jurnali xabar bermoqda.
“Biz hayvonlarning mo‘ynasidan foydalanish mumkin bo‘lmagan yanada barqaror kelajakka intilamiz”, deyilgan “Dolce & Gabbana” bayonotida.
Shu bilan birga, “Dolce & Gabbana” mo‘ynachilar va boshqa mo‘yna mutaxassislari o‘z ishlarini yo‘qotmasliklarini va’da qilmoqda — ularning mahorati eko-mo‘ynali mahsulotlar ishlab chiqarish uchun foydali bo‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida, “Armani”, “Gucci”, “Prada”, “Versace” va boshqa moda uylari hayvonlarning mo‘ynasidan foydalanishdan voz kechgan. O‘tgan yilning dekabr oyida “Elle” jurnali eng yirik moda nashrlaridan birinchi bo‘lib o‘zining fotosessiyalarida mo‘ynadan foydalanmasligini, shuningdek, mo‘ynali kiyimlarni reklama qilishni to‘xtatishini e’lon qilgan.
Live
Barchasi