Italiyalik aktyor va model Toshkentdagi uyida o‘lik holda topildi

Jamiyat

image

Italiya fuqarosi Jorjo Geno Toshkentda ijaraga olingan xonadonida o‘lik holda topildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga Bosh prokuratura matbuot xizmati tasdiqladi.

Xabarga ko‘ra, 16 fevral, yakshanba kuni soat 23:00 da Mirobod tumani IIB FMBga F.B.dan — 1992 yilda tug‘ilgan Jorjo Geno vaqtinchalik propiska qilingan xonadon egasidan tezkor xabar kelib tushgan.

Voqea joyi ko‘zdan kechirilgan vaqtda xonadon eshigi buzilmagani, xonalardagi buyumlar tartibli holda ekani, halok bo‘lgan odamning tanasida tashqi jarohatlar yo‘qligi aniqlangan.

O‘lim sababini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi o‘tkazilishi belgilangan. Tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Jorjo Genoning o‘limi haqidagi xabarlar Italiya OAVda 20 fevral, payshanba kuni tarqalishni boshlagan. Xabarlarga ko‘ra, yigitning ota-onasi uch kun davomida u bilan bog‘lana olmagan va mahalliy hokimiyat vakillaridan bu borada yordam so‘ragan, yakunda Geno kvartirada o‘lik holda topilgan.

Jorjo Geno ko‘p yillar davomida xorijda, jumladan, Avstraliya va Sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan qator mamlakatlarda yashagan. U O‘zbekistonga bir necha oy ilgari kelgandi. Marhumning yaqinlariga ko‘ra, Jorjoning sog‘lig‘i joyida bo‘lgan va u bodibilding bilan shug‘ullangan.

Avstraliyaning Star Now saytida berilgan ma’lumotda Jorjo Genoning ijodni endi boshlagan aktyor va model ekani yozilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jorjo Geno

Baholaganlar

1427

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar