Italiyalik haykaltarosh ko‘rinmas haykalini 15 ming yevroga sotdi

Madaniyat-san’at

image

Anonim (noma’lum) xaridor kim oshdi savdosida italiyalik haykaltarosh Salvatore Garauning “Men” (“I am”) deb nomlangan ko‘rinmas haykalini 15 ming yevroga (193 millon so‘m) sotib oldi. Bu haqda “Komsomolskaya Pravda” nashri yozmoqda.

Haykaltaroshning so‘zlariga ko‘ra, bu ko‘rinmas haykalni faqat shaxsiy uy va bahavo joyga qo‘ygan yaxshiroq. 

“Haykal uchun kamida 1,5 metrga 1,5 metr kenglikdagi joy kerak. Lekin ushbu haykalga maxsus yoritish chiroqlari va iqlim nazorati zarur emas, chunki ular haykalga ta’sir qilmaydi”, deydi haykaltarosh. 

Xabarga ko‘ra, asar faqat zamonaviy san’at vakillari bilan ishlaydigan “Art-Rite” nomli Italiyaning kim oshdi savdo uylaridan biri sotib olingan. 

Ma’lum qilinishicha, dastlab, haykalning qiymati 6 ming yevroga baholangan, ammo keyinchalik u bir necha bor o‘sishga muvaffaq bo‘lgan. Haykalni sotib olgan noma’lum shaxsga xaridning isboti sifatida nomoddiy san’at asari unga tegishli ekanini tasdiqlovchi sertifikat berilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili haykaltarosh Salvatore Garau Milandagi maydonda o‘zining ko‘zga ko‘rinmas “Budda tafakkurda” haykalini namoyish etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

348

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing