Italiyaga jo‘natilgan posilkalar orasidan dinozavr tuxumi topildi

Olam

image

Italiyaning Bergamo shahri aeroportidagi bojxona xizmati xodimlari mamlakatga jo‘natilgan “posilka”lar orasidan dinozavr tuxumini topib olishdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Toshqotgan dinozavr tuxumining qobig‘i Malayziyadan Apennin yarim oroliga onlayn-do‘kondan xarid sifatida kelgan. Aniqlanishicha, unga berilgan guvohnoma mavjud bo‘lmagan agentlik tomonidan berilgan.

Shundan so‘ng bojxonachilar topilma haqida Bergamo va Brescia viloyatlari Arxeologiya direksiyasiga xabar bergan. Olimlar bu qoldiqlarni hozirgi Xitoy hududida yashagan yirik o‘txo‘r dinozavr – shunozavrning tuxumi ekanligini aniqlashdi.

Xabariga ko‘ra, jo‘natmaning egasi buni rad etgan. Agar buyumning tegishli sertifikati bo‘lmasa, tuxum mamlakat ixtiyoriga o‘tadi va davlat muzeylaridan birining ekspozitsiyasiga beriladi.

Islomjon Omonjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

213

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing