Italiyada muddatidan oldin parlament saylovlari boshlandi

Olam

image

Bugun, 25 sentyabr kuni Italiyada mamlakat parlamentiga navbatdan tashqari saylovlar boshlandi. Bu haqda  “Deutsche Welle” nashri xabar bermoqda.

Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 07:00 da ochilib, ovozlarni sanash ular yopilgandan keyin soat 23:00 da start oladi.

Saylov komissiyasi vazifalarini bajaruvchi Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, saylovga 46,1 milliondan ortiq fuqaro taklif etilgan. Voyaga yetgan barcha saylovchilar Deputatlar palatasi va Senat a’zoligiga nomzodlar uchun ovoz berish huquqiga ega.

Qayd etilishicha, Ichki ishlar vazirligi 70 ta partiya va siyosiy tuzilmalarni ro‘yxatga olgan. Italiyaliklar 400 deputat va 200 senatorni aniqlashlari kerak. 

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, o‘ng markazchi koalitsiya g‘olib sifatida ko‘rilmoqda. Agar o‘nglar g‘alaba qozonsa, Italiyada ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyin birinchi o‘ng qanot hukumati tuziladi.

Koalitsiya ichidagi kelishuvga ko‘ra, eng ko‘p ovoz to‘plagan partiya Bosh vazir nomzodini taklif qiladi. Taxminlarga ko‘ra, “Birodar Italiya” eng ko‘p qo‘llab-quvvatlanmoqda. Uning rahbari Jorja Meloni mamlakat hukumatini boshqaradigan birinchi ayol bo‘lishi mumkin.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing