Italiyada ko‘chki oqibatida 10 dan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi (video)

Olam

image

Bugun, 26 noyabr kuni ertalab yomon ob-havo tufayli yuzaga kelgan ko‘chkidan so‘ng Iskya orolidagi Kasamichchola-Terme hududida bedarak yo‘qolganlar soni 13 nafarga yetdi. Bu haqda ANSA agentligi politsiya ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.



Qayd etilishicha, yo‘qolganlar orasida yangi tug‘ilgan chaqaloq ham bo‘lgan. Ba’zi hududlar elektr ta’minotisiz qolib ketgan. Qutqaruv xizmatlari qidiruv ishlarini olib bormoqda. 

Bugun Italiya hukumati to‘rtta hududda: Kampaniya, Molise, Latsio va Sitsiliyada kuchli yomg‘ir va momaqaldiroq tufayli ob-havo bo‘yicha to‘q sariq rang ogohlantirish e’lon qilgan hamda yana 11 mintaqada sariq daraja joriy etilgan.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

35

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing