Italiyada bilyard sharidek kattalikda do‘l yog‘di (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

Italiyaning markaziy qismida joylashgan Emiliya-Romanya viloyatida bilyard sharidek kattalikda do‘l yog‘di. Oqibatda Parma hududidagi asosiy A1 magistral yo‘lida transport vositalari harakati to‘xtab qoldi, yuzlab avtomobillar va uylarga zarar yetdi. 

“Il Fatto Quotidiano” nashriga ko‘ra, kecha, 26 iyul kuni tushdan so‘ng, sodir bo‘lgan do‘l haydovchilar va mahalliy aholini hayratda qoldirgan: ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘plab videolavhalarga ko‘ra, bilyard shari kattaligida yoqqan do‘l avtomobil oynalarini sindirib, transportlar korpusida o‘ymalar hosil qilgan. Tabiiy ofat markazida qolgan haydovchilar shamol, yomg‘ir va do‘l tufayli avtomobil harakatini to‘xtatgan.

Favqulodda xizmatlar uskunalar va qutqaruvchilarning voqea joyiga yetib borishi uchun Milan-Neapol trassasida uch soatga yaqin yo‘lni to‘sib qo‘ygan. Bir nechta kichik baxtsiz hodisalar qayd etilgan.

“la Repubblica” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Parma atrofidagi shaharlarda ko‘plab binolar tabiiy ofat tufayli tom qismidagi plitkalaridan ayrilgan. Shahar hokimi Fidensining Facebook’da  yozishicha, shamolning kuchayishi ma’muriyat binosi tomining yog‘och qoplamasini havoga ko‘tarib tashlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

188

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing