Italiyada 130 futli hashamatli yaxta cho‘kib ketdi (video)

Olam 13365
image
-

Joriy yilning 22 avgust kuni 130 fut (39 m) uzunlikdagi hashamatli superyaxta Italiyaning Sitsiliya oroli qirg‘oqlarida cho‘kib ketdi. Kemaning cho‘kishi aks etgan videoni “Daily Mail” e’lon qildi.

Gazetaning yozishicha, voqea Italiyaning Milazzo shahri yaqinida yuz bergan. 21 avgustga o‘tar kechasi yaxta kapitani bortga suv kirayotgani sababli avariya signalini bergan. Sohil qo‘riqlash xizmati to‘rt yo‘lovchini qirg‘oqqa evakuatsiya qilgan, ekipaj a’zolari esa suv kirayotgan joyni tuzatish uchun kemada qolgan.

Ertasi kuni vaziyat keskin yomonlashgan. Yaxta tez cho‘kishni boshlagan va qolgan odamlar qirg‘oqqa olib chiqilgan.

Tarmoqqa joylangan kadrlarda dengiz kemasining qanday qilib o‘ng tomoniga yiqilib tushgani, so‘ng burni yuqoriga ko‘tarilgan holda asta-sekin suv tubiga g‘arq bo‘lgani ko‘rsatilgan. Ayni paytda mahalliy huquq-tartibot idoralari hodisa sabablarini o‘rganmoqda.

Diyora Abdurahmonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 339
Reyting: 3.1
t
×