Italiya vaksina ishlab chiqaruvchi 2 ta kompaniyani sudga beradi

Olam

image

Italiya Pfizer va AstraZeneca tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinaning yetkazib berilishi kechiktirilgani sababli sudga murojaat qiladi, deydi mamlakat Tashqi ishlar vaziri Luiji Di Maio RAI’ga bergan intervyusida.

“AstraZeneca va Pfizer shartnomani hurmat qilmadi, biz sudga murojaat qilamiz. Farmatsevtika kompaniyalari o‘z majburiyatlarini bajarishini ta’minlash uchun Yevropa darajasida bosim o‘tkazamiz”, deydi di Maio.

Unga ko‘ra, emlash darajasi bo‘yicha Italiya Yevropada birinchi o‘rinda edi, ammo hozirda u sekinlashmoqda.

Pfizer ishlab chiqarishning qayta tashkil etilishi tufayli kechikishlar yuzaga kelganini tushuntirdi. Bu o‘z navbatida, qo‘shimcha ravishda tartibga solishni talab qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

141

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing